35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📌 QONUN IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🚧 O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Tuman yo‘llardan foydalanish korxonasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zafarbek Dovlatov tomonidan o‘rganish olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida:
▫️ avtomobil yo‘llarining texnik holati va xatlovdan o‘tkazilishi;
▫️ yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlarining bajarilishi;
▫️ ta’mirlash va saqlash jarayonlarida davlat standartlari hamda belgilangan me’yorlarga rioya etilishi;
▫️ Qonunning 17-moddasi talablari, jumladan GOST va QMQ me’yorlariga amal qilinishi holati ko‘rib chiqildi.

💬 Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etishda deputatlik ko‘magini ko‘rsatish va hamkorlikni kuchaytirish masalalari belgilandi.

🎯 Asosiy maqsad — yo‘llarning texnik holatini yaxshilash, ta’mirlash va saqlash ishlarining sifatli hamda belgilangan me’yorlar asosida bajarilishini ta’minlash.