35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
Mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika filialida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
#Biriktirilgan_tashkilot #ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Oltinsoy tuman Elektr ta’minoti korxonasida nazorat-tahlil va o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
🏛 Tadbirda ishtirok etganlar: O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Turdiyev, Kotibiyat mudiri M.Xujanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Tavasharov a’zolari A.Mamatmuratov, A.Narmuratov, A.Xaitova, D.Turopova hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov qatnashdilar.
🔍 Tadbir davomida e’tibor qaratilgan asosiy yo‘nalishlar:
📄 Hujjatlar va ish yuritish tahlili: Bo‘lim faoliyatidagi rasmiy hujjatlar, buyruqlar, sohaga oid jildlar va ichki me’yoriy hujjatlarning amaldagi qonunchilik talablariga mosligi atroflicha ko‘rib chiqildi;
🛡 Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish: Elektr energiyasi ta’minoti va xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralariga alohida urg‘u berildi;
📢 Axborot burchaklari va oshkoralik: Bino kirish qismida joylashtirilgan targ‘ibot va axborot stendlari, shu jumladan "Biz birgalikda korrupsiyani to‘xtatamiz!" targ‘ibot materiallari va ishonch telefonlari mavjudligi ko‘zdan kechirildi;
👥 Murojaatlar va muloqot: Fuqarolar hamda iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, sohadagi xodimlar mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
📋 Xulosa va tavsiyalar: O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ichki nazorat (komplayens) tizimini yanada takomillashtirish va sohada shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi, shuningdek, ushbu masala Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi ta’kidlandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10