35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
Yangiobod MFYda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi

#deputatlik_faoliyati

Yangiobod MFYda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi 60-Qoraxitoy saylov okrugidan saylangan Sainuridinov Saidmuxtor Saidg‘afforovichga biriktirilgan kotibiyat xodimi O‘. Abduqodirov tomonidan Yangiobod MFY hududida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi o‘rganildi.

Ohangaron tumani Quyun MFY hududida 2015 yilda qurilgan namunaviy uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi ichimlik suvi nasos stansiyasidan Yangiobod, Bahor, Gulzor va Navro‘z ko‘chalari aholisi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan tortilgan ichimlik suvi tarmoqlari va suv inshootlarini «Olmaliq shahar suv ta’minoti» AJ balansiga o‘tkazishda fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.

O‘rganish jarayonida, mavjud ichimlik suvi tarmoqlari va inshootlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi va aholi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan ichimlik suvi tarmoqlari, nasos uskunasi va suv inshootlarining holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, D-160 mm — 700 metr va D-110 mm — 1900 metr uzunlikdagi ichimlik suvi quvurlari, GDF 80/200 rusumli, 22 kVt quvvatga ega suv nasosi, suv inshooti hamda suv minorasi mavjudligi aniqlandi.

Natijada, aholi murojaatida ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish, mavjud ichimlik suvi tarmoqlari va inshootlarini belgilangan tartibda «Olmaliq shahar suv ta’minoti» AJ balansiga o‘tkazish yuzasidan Toshkent viloyati deputati tomonidan deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 4