35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
Sessiya kun tartibiga kiritilgan tashkilotlarda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tashkilotlarning aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi Shovot tumani bo‘limi mutaxassisi I. Jumabayev ishtirok etdi.
Jumladan, Davlat kadastrlari palatasi Shovot tumani filiali boshlig‘i hamda Shovot tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktori tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kengashga taqdim etilgan hisobotlar o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ularning qonuniyligi va asoslanganligi, murojaatlar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mazkur tashkilotlarda aholi murojaatlari bilan ishlash holati  qoniqarli deb baholandi. Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy va asosli yechimini ta’minlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 2