35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
🏗 TUMANDA DASTURLAR DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR KENGASH RAISI NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi Babajanov Jamolbek Jumabayevich tomonidan tumanda dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi muntazam nazorat qilib borilmoqda.
📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari Tuproqqal’a mahallasida olib borilib, hududda yangidan barpo etilgan kutubxona faoliyati va uning atrofida aholi uchun yaratilgan sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi.
📚 Yangi kutubxona mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning kitob mutolaasi bilan shug‘ullanishi, bilim va dunyoqarashini oshirishi uchun qulay va zamonaviy maskan sifatida xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
🌳 Shuningdek, kutubxona atrofi obodonlashtirilib, hudud aholisi uchun qulay va shinam muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
👥 O‘rganish jarayonida Kengash raisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdi.
🔎 O‘rganish davomida kutubxonadan samarali foydalanish, hududdagi sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulayliklarni oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
🤝 Aholi uchun yaratilayotgan har bir qulaylik — inson manfaatlariga qaratilgan e’tiborning amaliy ifodasidir!
📚 Kitobxon mahalla — ma’rifatli jamiyat poydevori!
🏡 Obod mahalla — farovon hayot!

Slide 1 of 3