35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika filialida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Aholining chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy shifokorlik punktida dorilar zaxirasi va xizmat sifati o‘rganildi
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda belgilangan dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va
iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Shuxrat Abduxamidovich Abduvoxidov raislik qildi.Unda komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri,kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari qatnashdi.Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — Parkent tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘laridan foydalanish holati to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.Hisobotda qo‘shimcha manbalar hisobidan shakllangan mablag‘larning yo‘naltirilishi, maqsadli va samarali sarflanishi, amalga oshirilgan loyihalar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.Muhokama davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, ajratilgan mablag‘lar samaradorligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbalarini ko‘paytirish va budjet intizomini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli savollar berilib,taklif va tavsiyalar bildirildi.Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olinib, tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.Shuningdek, mazkur masalani Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi hamda namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
  

Slide 1 of 7