🔎 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Asavey mahallasidagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganilmoqda.
🏘 O‘rganish davomida oilalarning mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🤝 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ularning farovonligini oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilanmoqda.
📌 Aholi bilan bevosita muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishning muhim omilidir.