Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Ismoilxo‘jayeva tomonidan “Obod” mahallasi Xalqabod ko‘chasida ko‘cha boshisi Z.Abdullayev bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida ko‘cha aholisi tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi. Jumladan, ko‘chaga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchasi qurish yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalar joyida o‘rganilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.