35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
 MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI


Navoiy shahridagi “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisining faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, mazkur ishlar Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan amalga oshirildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla raisining fuqarolar bilan ishlashi, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish, obodonlashtirish va hudud farovonligini ta’minlash borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada aholi muammolarini aniqlash va ularni o‘z vaqtida hal etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mahalla institutining samarali faoliyatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

📚 Huquqiy asos O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-son Qonuniga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolar manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal etishga qaratilgan mustaqil faoliyat hisoblanadi.

Mazkur qonun talablari asosida mahalla faoliyatini o‘rganish va nazorat qilishdan asosiy maqsad — hududda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimiga amaliy ko‘mak berishdan iborat.

🤝 Mahalla — aholi bilan davlat o‘rtasidagi eng yaqin va muhim bo‘g‘in. Uning samarali faoliyati hududdagi ijtimoiy barqarorlik va aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 3