35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi: muammo o‘z yechimini topdi

Deputatlik so‘rovi: muammo o‘z yechimini topdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan 2026-yil 21-avgust kuni tumandagi “Kelajak” MFY hududida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud holati o‘rganilib, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratilgan edi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo mavjudligi, suv nasosi talab darajasida ishlamayotgani hamda qisqa muddatda ishdan chiqqani aniqlangan.

Mazkur masala yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborilib, ichimlik suvi ta’minotini tiklash va mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Deputatlik so‘roviga tuman “Suv ta’minoti” bo‘limi tomonidan berilgan javobga ko‘ra, “Kelajak” mahallasi 2022-yilda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan bo‘lib, hududda ichimlik suvi quvurlari o‘tkazilgan va maktabgacha ta’lim tashkilotining suv ta’minoti ham yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, muammoni bartaraf etish maqsadida suv nasosi yangisiga almashtirilgan.

Hozirda “Kelajak” MFY hududidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti reja-grafik asosida toza ichimlik suvi bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Bu kabi deputatlik so‘rovlari orqali aholi, ayniqsa, bolalar uchun zarur va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish, aniqlangan muammolarni mas’ullar oldiga qo‘yish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3