35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat so‘rovi ijrosi amalda



Natijadorlik, ijro intizomi hamda saylovchilar va’dasini amalda ta’minlash — deputatlik faoliyatining eng oliy mezonidir!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev tomonidan “Saxovat” mahallasi Mehridaryo hamda Fayoztepa ko‘chalari kesishmasida avtomobil qatnovi ko‘payganligi va harakat xavfsizligini ta’minlash zarurligi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Bugun okrug deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar ushbu serqatnov chorrahaga borib, deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlarni bevosita joyida o‘rgandilar.

O‘rganish davomida mas’ul tashkilotlar tomonidan so‘rovda ko‘tarilgan masala bo‘yicha amaliy ishlar boshlanib, svetofor moslamalari uchun maxsus ustunlar o‘rnatilganligi aniqlandi.

Svetoforning to‘liq ishga tushishi ushbu hududda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga hamda avtomobillar harakatini tartibga solishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2