35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
4-BAND IJROSI: SHOMBULOQ MAHALLASIDA INTENSIV BOG‘ BARPO ETISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

 4-BAND IJROSI: SHOMBULOQ MAHALLASIDA INTENSIV BOG‘ BARPO ETISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandi — mahalla hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish yo‘nalishi doirasida amaliy o‘rganishlar davom etmoqda.
🔎 Shu doirada tuman Kengashi raisi B.Ochilov tomonidan Shombuloq mahallasida intensiv bog‘ barpo etayotgan fermer xo‘jaligi faoliyati o‘rganildi.
🌱 O‘rganish davomida fermerning intensiv bog‘ tashkil etish bo‘yicha tashabbusi, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishildi.
💳 Fermer tomonidan faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish bo‘yicha murojaat qilingan bo‘lib, mazkur jarayonda mahalla hokim yordamchisi tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani qayd etildi.
🤝 Xonadon va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, aholini daromadli mehnatga jalb etish hamda mahallalarda yangi daromad manbalarini yaratishda hokim yordamchilarining amaliy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🎯 Maqsad — tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va boshqa imkoniyatlardan samarali foydalanishga ko‘maklashish hamda aholi daromadlarini oshirish.

Slide 1 of 2