35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
5-oilaviy poliklinikadagi ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari” doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov tomonidan 2-Saxovat saylov okrugi deputati S. Azizov hududidagi Saxovat MFY, Burxoniddin Marg‘iloniy ko‘chasi, 63-uyda joylashgan 5-oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur poliklinika “Open Budget” (“Ochiq budjet”) loyihasining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan obyektlardan biri hisoblanadi. Loyiha doirasida tibbiyot muassasasini mukammal ta’mirlash va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur qurilishga 2026-yil 13-iyul kuni ruxsat berilgan. Buyurtmachi — “Farg‘ona viloyat hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi, loyihachi — “FOZILJON PROJECT BUILDINGS” MChJ, pudrat tashkiloti esa “SBR STROY REPAIR” MChJ hisoblanadi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi va obyektning foydalanishga tayyorlanish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida obyektdagi yog‘och qismlariga yong‘inni susaytiruvchi kimyoviy ishlov berish ishlari hali amalga oshirilmagani ham aniqlandi. Mazkur ishlarni belgilangan talablar asosida o‘z vaqtida bajarish, obyektning yong‘in xavfsizligini ta’minlash va tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlardan asosiy maqsad hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini ta’minlash, ajratilayotgan mablag‘lardan oqilona foydalanilishini nazorat qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar uchun munosib sharoit yaratishdan iborat.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan mazkur obyekt bo‘yicha ishlarning borishi va loyiha ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 9