35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
MUSTAQILLIK BAYRAMI KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35

MUSTAQILLIK BAYRAMI KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "19-Farhod" saylov okrugi deputati Ilhomjon Tuxtasinov Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

📇 Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va farovonlikka shukronalik izhor etildi.

📁 Deputat Ilhomjon Tuxtasinov tadbir davomida mahalla aholisini bayram bilan qutlab, quyidagi samimiy tilaklarni bildirdi:
Aziz yurtdoshlar! Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan tabriklayman. Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, mahallalarimizdagi bunyodkorlik ishlari, farzandlarimizning baxtli kelajagi — bularning barchasi mustaqillik ne’matidir. Har bir xonadonga fayz-u baraka, oilalaringizga tinchlik va farovonlik tilayman. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🕯 Bayram tadbirida san’atkorlar tomonidan Vatan, tinchlik va mustaqillikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, aholi uchun ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Ayniqsa, milliy kuy va qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

🇺🇿 Mazkur bayram tadbiri mahalla ahlining birdamligi va hamjihatligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 6