35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
Kengash_faoliyati

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMIGA MUNOSIB TUHFA: QUDUQSOYDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Mustaqilligimizning 35 yillik shukuhi yurtimiz bo‘ylab tobora keng quloch yozayotgan shu kunlarda Bandixon tumanida yana bir quvonchli voqea nishonlandi.

Bandixon tumani Quduqsoy mahallasidagi 33-sonli umumta’lim maktabiga qo‘shimcha 240 o‘rinli, zamonaviy yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Umumiy qiymati qariyb 3,7 milliard so‘m bo‘lgan yangi bino o‘quvchilar uchun barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lib, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun munosib imkoniyat yaratadi.

🇺🇿 Quduqsoy mahallasi aholisi uchun 2026-yil chin ma’noda bunyodkorlik va yangilanish yili bo‘lmoqda. Mahallada 11 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarning asfaltlangani, endilikda esa maktabning yangi va zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgani buning yorqin ifodasidir.

🎉 Yangi bino ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, nuroniylar, jamoatchilik vakillari hamda maktab jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirda nuroniylar yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz ravnaqi uchun ezgu duolar qildilar. Davlatimiz rahbari tomonidan chekka hududlarga, xususan, ta’lim maskanlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

“Albatta, ushbu ezgu ishlar farzandlarimizning sifatli ta’lim olishlari va kelajakda mamlakatimiz farovonligi yo‘lida munosib kadr bo‘lib yetishishlari uchun xizmat qiladi”, — deydi tuman hokimi Abdumalik Allamuradov.

Bugun Quduqsoyda bunyod etilgan ushbu zamonaviy ta’lim maskani yuzlab o‘g‘il-qizlarning orzu-maqsadlari sari dadil qadam tashlashiga xizmat qiladi.

🇺🇿 Mustaqillik — bunyodkorlik, taraqqiyot va farovon kelajak demakdir!

Slide 1 of 4