35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

"Birdamlik" mahallasida yangi ma’rifat maskani: Kutubxona faoliyati deputatlik nazorati ostida o‘rganildi

Bugungi kunda yoshlarimizning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda mahallalarda zamonaviy ma’rifiy o‘choqlarni barpo etish borasida tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-“Birdamlik” saylov okrugi deputat B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik” mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tashrif buyurib "Birdamlik" MFYda yangidan tashkil etilgan va aholi uchun ziyo maskaniga aylanayotgan kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘RGANISH JARAYONIDA QUYIDAGI ASOSIY VA DOLZARB MASALALAR ATROFLICHA TAHLIL QILINDI:

1. Kitob fondining boyligi va adabiyotlar xilma-xilligi:
Kutubxonadagi mavjud badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy hamda bolalar adabiyotlari fondi sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Kitob zaxirasini kitobxonlarning qiziqishi hamda zamonaviy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi va sara adabiyotlar bilan muntazam boyitib borish masalasi muhokama qilindi.

2. O‘quv zali va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar:
Kutubxonadagi o‘quv zalining imkoniyatlari, mebellar va yoritish tizimining qulayligi hamda kitobxonlarning erkin va osuda mutolaa qilishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar baholandi.

3. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish:
Mahalladagi vaqtincha ishsiz hamda uyushmagan yoshlarni kutubxonaga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mutolaa va bilim olishga yo‘naltirish, shu orqali hududda sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirish choralari ko‘rib chiqildi.

4. Innovatsion yondashuv va raqamlashtirish:
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda kutubxona faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, elektron kitoblar bazasini yaratish va o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha aniq taklif hamda tavsiyalar berildi.

Asosiy maqsad:
Mahalladagi har bir fuqaro, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlod uchun ushbu kutubxonani haqiqiy bilim o‘chog‘iga aylantirish va ularning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirishdan iboratdir.

Slide 1 of 3