35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
#_munosabat

️Tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va preferensiyalarning individual tartibda emas, balki iqtisodiyot tarmoqlari, sohalar yoki hududlar kesimida qo‘llanishi belgilanganini ijobiy baholayman.

➡️Mazkur yondashuv tadbirkorlik muhitida tenglik, ochiqlik va adolat tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, imtiyozlardan foydalanishda ayrim tadbirkorlarga alohida ustunlik berilishining oldi olinib, barcha tadbirkorlik subyektlari uchun bir xil va shaffof mezonlar yaratiladi.

➡️Imtiyoz va preferensiyalarning ochiq mezonlar asosida taqdim etilishi sog‘lom raqobatni kuchaytiradi, tadbirkorlarning davlat ko‘magidan teng foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan imtiyoz va preferensiyalar reyestrining yuritilishi esa bu boradagi shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

➡️Deputat sifatida, tadbirkorlikni rivojlantirish, halol raqobatni qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun teng sharoitlar yaratishga qaratilgan bunday islohotlarni qo‘llab-quvvatlayman. Zero, tadbirkor uchun eng muhim omil — imtiyozning kim uchundir alohida berilishi emas, balki qonun oldida teng va barqaror sharoitda faoliyat yuritish imkoniyatidir.

Habiba Qarayeva,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati