35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
“Takiya” mahallasida ta’lim va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudiri_faoliyati
#ekspert_guruhi_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#nazorat_tahlil

“Takiya” mahallasida ta’lim va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan deputat A.Abdinazarovning saylov okrugidagi “Takiya” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Y.Umbarov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada joylashgan Qiziriq tumani 2-son texnikumidagi mavjud holat, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, o‘quvchilarni qabul qilish jarayoni hamda ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Mas’ullar bilan suhbat davomida aniqlangan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mahalladagi hokim yordamchisi ko‘magida imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqaroning faoliyati ham o‘rganildi. Xususan, tadbirkor tomonidan darvoza va metall konstruksiyalar tayyorlash ustaxonasi tashkil etilgani, buyurtmalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarilayotgani hamda mazkur faoliyat orqali daromad manbai yaratilgani bilan tanishildi.

O‘rganish yakunida ta’lim muassasasidagi tayyorgarlik ishlari hamda tadbirkorlik faoliyati ijobiy baholanib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5