35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDP partiyasidan 2-Xamza saylov okrugidan saylangan deputat A. Baxromov tomonidan 2026-yil 20-avgust kuni Xamza mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli Lola Po‘latxo‘jayeva tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, 2026-yil davomida Xamza mahallasida jami 110 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

Ular quyidagi toifalar bo‘yicha qamrab olingan:

🔹 1-toifa — ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — 58 nafar;
🔹 2-toifa — tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki faoliyatini kengaytirish istagidagi xotin-qizlar — 2 nafar;
🔹 3-toifa — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar — 5 nafar;
🔹 4-toifa — tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar — 25 nafar;
🔹 5-toifa — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar — 20 nafar.

📌 Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar:

✅ 10 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan;
✅ 10 nafar xotin-qizga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratilgan;
✅ 1 nafar ayolga uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berilgan;
✅ 15 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

👩‍👩‍👧‍👦 Deputat o‘rganishi yakunida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3