35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘maklar va imtiyozlar o‘rganildi
янв.21
Tuman markazidagi “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 24.08 - 28.08.26-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 17 - 21.08.26 HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
янв.21
Sport maktabida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Ta’lim muassasasidagi sharoitlar deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ish rejasiga muvofiq hududlarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputat R.Alijonovaga tomonidan 2-Sahovat saylov okrugidagi Sahovat mahallasida joylashgan 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, mavjud sharoitlar hamda ularning amaldagi qonunchilik, xususan, deputat R.Alijonovaga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Maktabda yangi o‘quv yilini boshlash uchun zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgani, ta’lim jarayonini tashkil etish uchun tegishli sharoitlar yaratilgani aniqlandi. Shuningdek, Ochiq budjetning 2026-yilgi birinchi mavsumida maktab uchun zamonaviy jihozlar xarid qilish tashabbusi ilgari surilib, loyiha g‘olib deb topilgani va bugungi kunda ushbu jihozlar ta’lim muassasasiga yetkazib berilgani ijobiy holat sifatida qayd etildi.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida maktab hududining ko‘p qavatli turar joy binolariga tutashligi sababli ta’lim muassasasi hududini belgilangan tartibda chegaralash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo‘shimcha to‘siq devor barpo etish masalasi mavjudligi aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish, maktab hududining xavfsizligi va obodonligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilandi.

Deputatlik o‘rganishlarining bunday shaklda tizimli tashkil etilishi hududlardagi mavjud masalalarni joyiga chiqqan holda aniqlash, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda aholi, ayniqsa, yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi parlament nazoratining amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 10