35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

PQ-141: “DO‘STLIK” MAHALLASIDA REJALASHTIRILGAN ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori asosida rejalashtirilgan ishlarning amaldagi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📌 Mazkur qaror asosida “Do‘stlik” MFYda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgani qayd etildi.

🛣 Xususan, mahallaning ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari ham jadal davom etmoqda. Ushbu ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

⚡️ Elektr ta’minotini yaxshilash, 💧 toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, 🚶 piyodalar yo‘laklarini qurish hamda hududni energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash bo‘yicha ham belgilangan ishlarni amalga oshirish jarayonlari olib borilmoqda.

🔎 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning borishi, sifati va belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

📨 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, barcha yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

“Do‘stlik” MFYda PQ-141 asosida boshlangan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda!

🤝 Reja → amaliy ish → deputatlik nazorati → natija.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3