35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
LUTFIY MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan deputatlik vakolatlari doirasida saylov okrugi hududidagi Lutfiy mahallasida obodonlashtirish va bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida 57-uy yonida joylashgan bolalar maydonchasi ko‘zdan kechirildi. Mazkur hududdagi bolalar maydonchasida o‘rnatilgan ayrim o‘yin elementlari va jihozlarining texnik holati qoniqarsiz ekani, ayrim qismlari yaroqsiz holga kelgani hamda ulardan foydalanish bolalar hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi.

Shuningdek, mazkur holat mahalla aholisi, xususan, ota-onalar tomonidan haqli e’tiroz va noroziliklarga sabab bo‘layotgani o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldi. Bolalar xavfsizligini ta’minlash, mavjud xavfli elementlarni zudlik bilan bartaraf etish hamda maydonchani tegishli tartibda ta’mirlash va obodonlashtirish zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan muammo yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli choralar ko‘rish, yaroqsiz va xavf tug‘dirayotgan o‘yin jihozlarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish hamda bolalar maydonchasini xavfsiz holatga keltirish masalasida deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Deputat tomonidan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2