35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ish rejasiga muvofiq hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada 15-Zuhro saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Ermatov tomonidan Zuhro mahallasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 128 ta oila mavjud. Shundan 39 tasi davlat ta’minotidagi, 77 tasi kambag‘al hamda 12 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, deputatlik nazoratiga olingan Zuhro MFY, Zuhro ko‘chasi, 21/15-uyda yashovchi Karimov Akram Soyibjonovich xonadoni ham o‘rganildi. Xonadonga qurilish materiallarining bir qismi yetkazib berilgan bo‘lsa-da, mavjud yordam ishlari hali yakuniga yetkazilmagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda muammoni to‘liq bartaraf etish, ajratilgan yordamning manzilli va samarali yetkazilishini ta’minlash hamda xonadon bilan bog‘liq ishlarni yakuniga yetkazish masalalari deputatlik nazoratida qoldirildi.

Slide 1 of 7