35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
Deputatlik nazorati doirasida mahalladagi ishlar o‘rganildi

 Mahalla institutining jamiyatdagi rolini kuchaytirish va “mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etishning muhim huquqiy asoslaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-son qarori — yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrolari ko‘rib chiqildi. 

O‘rganish davomida mahalladagi mas’ul xodimlar — hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim hamda yoshlar yetakchisining o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari tahlil qilindi. Jumladan, aholining ijtimoiy holatini yaxshilash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, yoshlar bilan ishlash hamda ularning muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi. Shuningdek, mas’ul xodimlarga tegishli
qaror va topshiriqlarning ijrosi, belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.
 

O‘rganish yakunida mas’ul xodimlarga aholining murojaatlari bilan ishlashda e’tiborli bo‘lish va tegishli qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni doimiy nazorat qilib borilishi ta’kidlandi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1