35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod, tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Ollomurodov Otabek hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardanov tomonidan deputatlik nazorati doirasida Muzrabot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ–415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining ta’minlanish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tashkil etildi. Unda ijtimoiy xizmatlarning aholiga yetib borishi, xizmatlardan foydalanuvchilar soni, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi, texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, tibbiy, psixologik, huquqiy va maishiy qo‘llab-quvvatlash ishlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik mexanizmi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishi, bandligi va jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlashga oid ishlar ham baholandi.

Slide 1 of 3