Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-«Darband» saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardanov tomonidan “Darband” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida “Abduraxmon Jomiy” ko‘chasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan loyiha talablari va qurilish jarayonining borishi deputatlik nazorati tartibida tahlil qilindi. Shuningdek, pudratchi tashkilot vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiya va takliflar berildi.