35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 17-«Do‘stlik» saylov okrugidan saylangan deputat Sidnenko Vera Viktorovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov hamkorligida saylov okrugida aholi bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning bunyodkorlik jarayonlaridagi faolligini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar davomida deputat mahalla faollari va nuroniylari bilan birgalikda «Do‘stlik» mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, beton lotoklar o‘rnatish, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, sanitariya-tozalik hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, ularning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.

Shuningdek, deputat va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi mahalladagi yoshi ulug‘ onaxonlar bilan birgalikda xonadonlarga tashrif buyurib, aholi bilan samimiy suhbatlar o‘tkazdi. Muloqotlar davomida fuqarolarni o‘z xonadonlari va ko‘cha oldi hududlarini ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda mahalla ravnaqiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga da’vat etildi.

Deputat tomonidan saylov okrugida olib borilayotgan bunday tizimli ishlar, jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik va doimiy muloqot mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etishga xizmat qilmoqda. Bu esa saylovchilar ishonchini mustahkamlash, mahallada ahillik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirish hamda hududning yanada obod va fayzli qiyofa kasb etishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9