35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
Kengash_faoliyati

#Murojaat_va_ijro
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Farovon" mahallasida infratuzilmani yaxshilash va murojaatlar ijrosi ko‘rib chiqildi

Bandixon tumanida aholi turmush darajasini oshirish, hududiy infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish borasida deputatlik nazorati izchil olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat A. Pardayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E. Eshonqulov "Farovon" mahallasida bo‘lib, mahalla faollari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazdilar.

Tashrif davomida ilgari berilgan 24 ta tavsiya ijrosi hamda aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Muloqotlar jarayonida mahalla faollari tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr simyog‘ochlarini yangilash, elektr ta’minotini tartibga keltirish hamda obodonlashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar eshitildi.

Yakunda barcha masalalar deputatlik nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilab olindi.

Slide 1 of 6