35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur komissiya yig‘ilishida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zosi ham ishtirok etdi.

📁 Dastlab deputatlar Toshkent shahrida ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati, tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati, kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasidagi ishlar holati hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati (isitish tizimi), ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim, tibbiyot muassasalari) amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Mo‘minov Obidjon Odilovichning hisobotini tinglab, atroflicha muhokama qildi.

📝 Yig‘ilishda kun tartibidagi keyingi masala O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Nazarov Xamdam Shuxratovich hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichlar deputatlarga hisobot berdi.

📉 Shuningdek, kun tartibidagi keyingi masala Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Rasulov Akmal Asqarovich deputatlarga hisobot berdi.

🔺 Komissiya kun tartibiga kiritilgan to'rtinchi Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish haqidagi masala yuzasidan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri Gulyamov Zafar Zokirovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rilib muhokama qilindi.

💡 Yig‘ilish davomida deputatlar Yakkasaroy tumani “Rakatboshi” mahallasidagi Bo‘rijar ko‘chasini Pekin deb qayta nomlash hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti Toponimika bo‘limi boshlig‘i Djabbarov Anvar Rustamovichning hisobotini komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqdi.

🔎 Kun tartibidagi so‘nggi Toshkent shahar hokimligida “Edo.ijro.uz” elektron tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish, o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomalari, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi, rezolyutsiyalari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari berilgan topshiriqlar bo‘yicha 2026 yil I yarim yillik natijalari to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligi Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i Usmonov Saidvali Abdupattoevich hisobot berdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan eshitilib muhokama qilindi

🗣 Yig‘ilish yakunida deputatlar hamda ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10