35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
Tuman Kengashi deputati Q. Alimov: Energiya tejamkorligi – bugunning eng muhim talabi

Tuman Kengashi deputati Q. Alimov:
Energiya tejamkorligi – bugunning eng muhim talabi

✅ O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustda qabul qilingan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son Qonuni mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanish, energiya isrofgarchiligini kamaytirish hamda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

✅ Mazkur Qonunga muvofiq, energiyani tejash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshiriladi, energiya resurslarini iste'mol qilish normalari takomillashtiriladi hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlari izchil amalga oshiriladi. Bu boradagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida Energetika vazirligi faoliyat yuritadi, davlat nazorati esa O‘zenergoinspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.

✅ Tuman Kengashi deputati sifatida har bir fuqaro, korxona va tashkilotni elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda boshqa energiya resurslaridan oqilona foydalanishga chaqiraman. Uy-joylarda energiya tejamkor chiroqlardan foydalanish, issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish, zamonaviy energiya samarador uskunalarni joriy etish nafaqat xarajatlarni qisqartiradi, balki atrof-muhitni asrashga ham xizmat qiladi.

✅ Bugungi kunda energiyani tejash – bu shunchaki iqtisod qilish emas, balki kelajak avlodlar manfaatini ko‘zlab tabiiy resurslardan oqilona foydalanish demakdir. Shu bois, har birimiz ushbu Qonun talablariga amal qilib, energiya samaradorligini oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.

Slide 1 of 1