35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 19¹-modda

🏗️ Qurilish ishlari o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ–141-sonli “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

🏫 Jumladan, mazkur loyiha asosida “Navbur” mahallasida joylashgan 39-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda 180 o‘rinli yangi o‘quv binosini qurish obyektida olib borilayotgan bunyodkorlik va pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

🔍 O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6