35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Navoiy shahrida ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi

Navoiy shahrida ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi

🔹 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev Navoiy shahrida “Erta aralashuv” va “Kunduzgi parvarishlash” xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Tashrif davomida bolalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, rivojlantiruvchi va reabilitatsion xizmatlarning sifati, shuningdek, malakali mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Ta’kidlanganidek, mazkur xizmatlar bolalarning individual ehtiyojlarini erta aniqlash, ularning jismoniy va ruhiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda zarur ijtimoiy va pedagogik ko‘makni o‘z vaqtida ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹 Bugungi kunda Navoiy shahrida “Erta aralashuv” va “Kunduzgi parvarishlash” xizmatlari orqali 40 nafardan ortiq bola qamrab olingan bo‘lib, ular uchun sifatli ta’lim-tarbiya, rivojlanish va ijtimoiy moslashuvga xizmat qiluvchi qulay sharoitlar yaratilgan.

🔹 Tashrif yakunida xizmatlar sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bolalar hamda ularning ota-onalariga ko‘rsatilayotgan ko‘makni kengaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 9