Doimiy komissiya qarori qabul qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining mahalliy budjet,
tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Tuman mahalliy budjetining II chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan
qismi hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar yakunida mazkur masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish tavsiya etildi.