35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Beshkubi mahallasida sayyor fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Zomin tumani Beshkubi mahallasida “Mahalla yettiligi” hamda tuman Kengashi deputati I.Kucharov ishtikorida aholi va yoshlar ishtirokida sayyor fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar hamda yoshlarni qiynayotgan muammo va masalalar tinglanib, bildirilgan murojaatlar yuzasidan ularni ijobiy hal etishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, sayyor qabul jarayonida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning taklif va tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi. Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ijrosi nazoratga olinishi ta’minlandi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkor hamda samarali hal etishga xizmat qilmoqda.