35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

TOMORQALARDAN SAMARALI FOYDALANISH – E’TIBOR MARKAZIDA

 TOMORQALARDAN SAMARALI FOYDALANISH – E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova Mang‘itobod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Halima opa hamda ko‘chaboshi Nodira opa bilan uchrashdi.

Muloqot davomida mahalladagi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ularni o‘z vaqtida sug‘orish holati hamda sug‘orish suvi ta’minoti yuzasidan mavjud vaziyat joyiga chiqib o‘rganildi.

Shuningdek, tomorqalarda ekinlarni parvarishlash, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish va suvdan tejamkorlik bilan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish belgilandi.

🌿 Aholining tomorqalardan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlash hamda sug‘orish tizimini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2