35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#nazorat tadbiri

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga  O‘zbekiston MTDPdan saylangan  deputat A.Djurayev hamda shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi M.Begmatov tomonidan Islom Karimov mahallasidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔍 O‘rganish natijalari:
Liftlar holati: Ko‘p qavatli uylardagi lift qurilmalari to‘liq soz holatda ishlamoqda, bu bo‘yicha aholi tomonidan hech qanday e’tirozlar mavjud emasligi aniqlandi.
Obodonlashtirish: Uylarning fasad qismlari va kirish ichki yo‘laklarining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.

Yakunda uylarning kirish qismlarida tozalik va tartibni saqlash choralarini ko‘rish, bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan mahalla raisiga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6