35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida amalga oshirilayotgan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

#Yoshlar_maslahat_guruhi
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida amalga oshirilayotgan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida rekonstruksiya ishlari aholining kundalik harakatlanishi uchun yaratilayotgan qulayliklar, piyodalar xavfsizligini ta’minlash, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda yoshlar va fuqarolar uchun munosib sharoitlar yaratish nuqtai nazaridan baholandi.

Shuningdek, qurilish ishlarining belgilangan loyiha asosida va sifat talablariga muvofiq olib borilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1