Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich o‘zi saylangan “Sarayko‘l” OFY 6-Sarayko‘l saylov okrugi hududida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda fuqarolar bilan uchrashdi.
🏘 Tuman markazidan 18 kilometr uzoqlikda, Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan mahallada aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganildi.
🤝 Muloqot davomida fuqarolar hudud infratuzilmasini rivojlantirish, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash hamda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
📝 Bildirilgan murojaat va takliflar deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritilib, ularni bosqichma-bosqich o‘rganish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
📍 Chekka hududlarda saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish va muammolarni joyida o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.