#Deputatlik_faoliyati
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 3- okrugidan saylangan deputat J.Axmedkulov nomidan shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev "Muqumiy" mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
📌O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.
📖O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual ishlar, ularning muammolarini hal etish borasida ko‘rilayotgan choralar ham ko‘zdan kechirildi.