35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat faoliyatidan

📌 Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 22-«Nayman» saylov okrugidan saylangan deputati Xolmurodov Oybek Yusupovich hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi B. Ochilov tomonidan Nayman mahallasida joylashgan 15-sonli oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar, dori vositalari ta’minoti hamda fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 2