35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Tibbiyot birlashmasida xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 03 - 07.08.26 HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 10.08 - 14.08 ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
QONUN IJROSI YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
"Qishloqozon" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati

"Qishloqozon" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi  kotibiyati mudiri Sherpo'lat Boyqulov hamda tuman Kengashi raisi Jamila Xudoyqulova tumandagi "Qishloqozon" mahallasida ham bo‘lib, Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada ko‘chalar, ichki yo‘llar va ariq-zovurlarni tartibga keltirish, hududlarni tozalash, yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash hamda aholi yashash manzillarining sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, infratuzilmani yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish masalalari yuzasidan mahalla faollari va mas’ullar bilan muloqot qilindi.

Ta’kidlanganidek, hududlarni obod va fayzli maskanga aylantirish, aholining farovon turmushini ta’minlash hamda mahallalarda ijtimoiy faollikni yanada oshirish borasidagi ishlar bundan buyon ham tizimli ravishda davom ettiriladi.


Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3