35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
“Navro‘z” mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov, Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat B.Raxmatullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdilar.
Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.
Yig‘ilishda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni talablari asosida mahalla boshqaruvini takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.
Suhbat davomida:
• “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi;
• aholi murojaatlari bilan ishlash va muammolarni xonadonbay o‘rganish;
• mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash va hal etish;
• mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi faoliyati;
• aholi bilan ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida mahalla faollariga PF–116-sonli Farmonda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, aholi bilan ishlashda ochiqlik va manzillilikni ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.