Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.
🚨 Jumladan, Taxiatosh tumanida 2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining hisoboti yuzasidan bo‘limga tashrif buyurildi.
💬 Tashrif davomida mas’ullar bilan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
📝 O‘rganish yakunida tegishli tavsiya va takliflar qayd etilib, ular Kengash raisiga taqdim etilishi belgilandi.
📌 Mazkur o‘rganishlar sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta tayyorlash va hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
🔵 ⚪️ 🟢 🟣 🔴
✅ Telegram ✅Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube