35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputatlik nazorati: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan saylov okrugiga qarashli "Balxiguzar" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi I. Samadovning faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Xususan, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

📋 Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash samaradorligi, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda kambag‘allikni qisqartirish dasturlari ijrosi tahlil qilindi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2