Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati tomonidan Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-185-son Farmoni ijrosi doirasida 2026-yil II chorakda amalga oshirilgan ishlar, yong‘in hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari, ko‘rilgan choralar hamda jabrlanganlarga ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.