✅Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati B. Sobirov hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari D. Danayev, M. Salimova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Nazarovalar tomonidan Amir Temur mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Saylovchilar tomonidan, asosan, mahalla hududidagi sug‘orish lotoklariga suv yetkazib berish, aholiga subsidiya asosida imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish, ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash bo‘yicha olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirish hamda mahalla hududida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralarini o‘rnatish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
✅Bildirilgan murojaat va takliflar deputatlar tomonidan batafsil o‘rganib chiqilib, ularni tegishli tashkilot va mas’ul mutasaddilarga yo‘naltirish, mavjud muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
✅Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.