Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan 3-Gilambob saylov okrugi hududidagi Gilambob mahallasida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha asosida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda ishlar sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek,fuqarolar bilan bevosita suhbat davomida aholini barqaror ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur loyiha mahalla aholisining ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, ularning turmush farovonligini oshirish hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1