Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🎨 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

🏫 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch-yog‘och–Qarabog‘” saylov okrugi deputati K. Xashimova “Qarabog‘” mahallasi hududida joylashgan 35-son umumiy ta’lim maktabida bo‘ldi.

☀️ Tashrif davomida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🖌 Shuningdek, deputat maktabda o‘tkazilgan rassomchilik ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, yoshlarning ijodiy qobiliyatlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi faoliyati bilan tanishdi.

🌱 Bunday tadbirlar yoshlarning iste’dodini namoyon etish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ta’til kunlarini foydali va mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5