35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faoliyatining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlarini rejalashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 6 OYLIK FAOLIYATI HAQIDA MA'LUMOT
янв.21
Tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Markaziy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Sobiq maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yana qayta tiklash imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
Aholining tomorqa yerlaridan foydalanish samaradorligi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir toifa”dagi mahallada amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Tangirov Tursunqul, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Mazluma Kenjayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ–641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Muzrabot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida markazning “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash” sho‘basi faoliyati bilan tanishilib, qonun ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar mas’ul xodimlar ishtirokida muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Muzrabot tumanida 4 858 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qiladi.

2026-yilning birinchi yarim yilligida:

🔹 39 turdagi 70,3 mln so‘mlik protez-ortopediya mahsulotlari;
🔹 170 turdagi 179,8 mln so‘mlik reabilitatsiya texnik vositalari ehtiyojmand fuqarolarga yetkazib berilgan.

Shu bilan birga, tumandagi 10 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda 16 nafar nogironligi bo‘lgan o‘quvchi ta’lim olmoqda. Bundan tashqari, “Shaffof” mahallasidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida inklyuziv tarbiya guruhi faoliyat yuritib, unda 5 nafar bola tarbiyalanmoqda.

O‘rganish yakunida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa mahallalar, ta’lim muassasalari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4