Kengashning 6 – 10-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
Ushbu o‘rganish jarayonlarida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati xodimlari S.Nabiyev hamda S.Meliqo‘ziyevlar ishtirok etishdi hamda deputat Z.V. Yo‘ldashovaga uslubiy jihatdan ko‘maklashildi.
Bunda “Mashad” mahallasi “mahalla yettiligi”ning quyidagi a’zolari mahalla raisi, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim bilan mahalladagi olib borilayotgan ishlar, ya’ni hudduda belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan suhbatlashildi, shuningdek tegishliligi bo‘yicha boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
So‘ngra deputat Z.V. Yo‘ldashova o‘rganuvi yakunida “Mashad” mahallasi “mahalla yettiligi”ning a’zolariga yuqoridagi masalalar yuzasidan vakolati doirasida o‘zining tavsiyalarini bildirib o‘tdi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi